17:26 «Qish nafasi» Pirogi - limon bilan yanada xushta’m! | |
Zarur masalliqlar (10 bo‘lak uchun): xamiriga: 200 gr. margarin, 2 stakan un, yarim stakan shakar, 2 dona tuxum sarig‘i; ichiga solishga: 100 gr. sariyog‘, 1 stakan shakar, 3 dona tuxum, 2 ta apelsin, bitta limon, qand upasi. Tayyorlanishi: 1. Margarin va unni aralashtiring. Yarim stakan shakar va tuxum sarig‘ini qo‘shing-da, yumshoq xamir qoring. Aylana shakldagi yog‘langan qolipga xamirni solib, atrofini ko‘tarib chiqing. 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 30 daqiqaga qo‘ying. 2. Tuxumni shakar bilan ko‘pirtirib, yumshatilgan sariyog‘ qo‘shing. Limon va apelsin po‘stini qirg‘ichdan o‘tkazib, sharbatini siqib oling. 3. Tuxumli aralashmaga limon va apelsin sharbati, qirindisini solib, aralashtirib turgan holda past olovda qaynating. Keyin 1 soat muzlatkichga qo‘ying. 4. Kremni korjga solib, pirog yuzini limon bo‘laklari bilan bezang-da, qand upasi seping. Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|