12:35 “Qizil kitob”ga kiritilgan tasqara otib o‘ldirilgan | |
O‘zbekiston tog‘ qo‘riqxonalari va milliy tabiat bog‘larida muhofaza ostiga olingan qush – tasqara otib o‘ldirilgan. Qayd etilishicha, ushbu yirtqich qush CITES'ning II ilovasi, shuningdek, O‘zbekiston “Qizil kitob”iga ham kiritilgan. Bu holat qachon va qayerda bo‘lgani haqida to‘liq maʼlumot yo‘q. “Ammo qilingan jinoyat uchun javob berishning erta-kechi bo‘lmaydi. O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligidan shaxslarning kimligiga oydinlik kiritib holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirishlarini so‘raymiz”, – deyiladi xabarda. Qayd etish mumkin, CITES (yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konventsiyaning qisqacha nomi bo‘lib, Vashington konvensiyasi deb ham ataladi) yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simliklar va hayvonlarni xalqaro savdo tahdidlaridan himoya qilishga qaratilgan ko‘p tomonlama shartnoma hisoblanadi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|