18:41 Qorabog‘da yana o‘t ochildi, yaradorlar bor | |
Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlar tugagandan va mintaqada Rossiya va Turkiyaning tinchlikparvarlik harakatlari boshlanganidan beri birinchi marta sulh buzilgan. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining shanba kuni chop etilgan byulletenida aytilgan. “Rossiya tinchlikparvar kuchlari kontingenti Tog‘li Qorabog‘ hududida vazifalarni bajarishda davom etmoqda. Yigirma uchta kuzatuv punktlarida Rossiya tinchlikparvar kuchlari tunu-kun vaziyatni kuzatib borishmoqda va sulh rejimiga rioya etilishini nazorat qilishmoqda. 11 dekabr kuni Hadrut hududida sulh rejimini buzish bo‘yicha bitta holat qayd etildi”, - deyiladi byulletenda. Bundan avval, 1news.az ham bu haqda xabar bergandi. Ya’ni, 11 dekabr kuni Hadrut qishlog‘ida armanlar ozarbayjon harbiy xizmatchilariga qarshi qurolli provokasiya uyushtirganidan so‘ng ozarbayjon askari yaralangan. Armaniston tomoni ham bu hodisani tasdiqlagan. Shu tariqa, Armaniston ommaviy axborot vositalari otishma natijasida uch nafar Armaniston harbiy zahirachilari turli darajadagi tan jarohati olganini yozgan. Bundan tashqari, bir necha kun oldin armanlar Ozarbayjonning Azercell, uyali aloqa operatorining uskunani o‘rnatayotgan xodimlariga hujum qilishgan. Ozarboyjonning tarixiy va ajralmas qismi bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ hududining qaytarilishi millatchi arman diasporasi vakillarida norozilik kayfiyatini uyg‘otmoqda. Lekin, Ozarboyjon tomoni armanlarga hududda avvalgidek bemalol istiqomat qilishi, o‘zaro do‘stona aloqalardan manfaatdor ekanligini ta’kidlab kelmoqda. Armaniston tomoni esa bunday munosabatga haligacha ijobiy taklif bildirmagan.
Manba: "aniq.uz"
| |
|