20:29 Rayhon: Hayot uni baxtsiz yashab o‘tish uchun juda qisqa | |
Ayni paytda turmush o‘rtog‘i Farhod Alimov bilan BAAning Dubay shahrida asal oyini o‘tkazayotgan xonanda Rayhon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga sayohatdan suratlar joylashtirmoqda. Mana shunday suratlardan birini u quyidagicha izohladi: “Shunday vaqt keladiki, sen har qanday qabihlikdan va uni yuzaga keltirayotgan insonlardan uzoqlashasan. Atrofingda esa seni xursand qiladigan, yomonlikni unutishingga ko‘maklashadigan va yaxshiliklarga umid beruvchi insonlarni to‘playsan. Seni to‘g‘ri yo‘lga yetaklovchi insonlarni sev. Hayot uni baxtsiz yashab o‘tish uchun juda qisqa...”
Manba: "darakchi.uz"
| |
|