17:19 Rayhon kelinlik libosini kiydi | |
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon G‘aniyevaning boshlovchi Farhod Alimov bilan turmush qurayotgani haqida xabar bergan edik. Ularning nikohi munosabati bilan o‘tkaziladigan amru ma’ruf 5 noyabrga belgilangan. Bugun Rayhon bilan hamkorlikda ishlovchi ijodkor Yakzon o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Rayhonning oq ko‘ylak ya’ni kelinlik libosidagi suratini joyladi. Mazkur suratga Prisma dasturi yordamida ishlov berilgan. Yakzon mazkur suratda aynan Rayhon aks ettirilganini ma’lum qilmagan, biroq kelin libosidagi qiz Rayhon ekanligi seziladi. Rayhon poytaxtdagi to‘y liboslari salonidan kelin ko‘ylak tanlamoqda. Demak, Rayhon va Farhod Alimovlarning to‘ylari tez kunlarda bo‘lib o‘tadi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|