12:12 Roy Kin: “Ronaldu toʻyib ketdi” | |
“Manchester Yunayted”ning sobiq sardori Roy Kin hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi. “Ten Xag Ronaldu oʻyinni davom ettirishni istamaganidan hafsalasi pir boʻldi, lekin u toʻyib ketdi, aqlini yoʻqotdi. Ronaldu har hafta zaxira oʻrindigʻida oʻtirsa va bu haqda oʻylamay, faqat kulib yotsa, men koʻproq tashvishlanardim. Menimcha, yigit xavotirda. U klubni yaxshi koʻradi, u oʻynashi kerak, oʻynashni xohlaydi. Albatta, Krishtianu endi oʻn yil oldingi futbolchi emas, lekin u hali ham formasini yoʻqotmagan, oʻtgan mavsumda ularning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. U “Manchester Yunayted”ga oʻtdi, oʻshanda klub yomon oʻynagan boʻlsa ham, lekin baribir ularning eng yaxshi toʻpurari boʻlib qoldi”, – deydi Kin. Ronaldu avvalroq “Tottenxem”ga (2:0) qarshi oʻyin tugashidan oldin stadionni tark etgani uchun “Chelsi”ga qarshi oʻyinda asosiy tarkib bilan mashgʻulotlardan chetlashtirilgan va oʻyin uchun qaydnomaga kiritilmagan edi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|