13:31 Samarqandda ayol buvisiga qarshi bosqinchi yolladi | |
Samarqand viloyatida buvisining uyini o‘marish uchun bosqinchi yollagan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Samarqan viloyati IIB xabar berdi. Ma’lum qiliniishcha, joriy yilning 28 sentyabr kuni Samarqand shahar Sattepo maskanida yashovchi, 25 yoshli B. ismli ayol buvisidan qasd olmoqchi bo‘lib, uning uyidagi 40 000 AQSH dollari va 6-7 turdagi, taxminiy bahosi 10.000 AQSH dollarlik tilla taqinchoqlarni o‘marish uchun tanishi A.ga bosqinchilik uyushtirishni buyurtma qilgan. Ayol tanishiga rejasi amalga oshsa, 10 000 dollar berishni va’da qilgan. “Yollanma bosqinchi”ga uyni ichki tuzilishini chizib berib, o‘zi bilan birga buvisining manziliga olib borib, uzoqdan uyning kirish darvozasi va uyning tuzilishini tushuntirib berib, kelgusida sodir etish kerak bo‘lgan o‘ta og‘ir turdagi jinoiy rejani tuzib bergan. Holat to‘g‘risida olingan tezkor ma’lumotga asosan, joriy yilning 3 oktyabr kuni DXX viloyat boshqarmasi va Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilib, B. “yollanma bosqinchi” bilan takroriy uchrashgan vaqtida qo‘lga olingan. Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 164-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|