Главная » 2020 » Ноябрь » 24 » Samarqanddagi vahshiy qotillik videosini tarqatganlar qamaldi
08:42

Samarqanddagi vahshiy qotillik videosini tarqatganlar qamaldi


Joriy yilning 20 noyabr kuni Samarqand shahridagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan savdo do‘konida erkak o‘z xotini va uning tanishini pichoqlab o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi. Ko‘p o‘tmay hodisaning videosi internetda tarqaldi.

Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan ushbu video (foto) yuzasidan IIB xodimlari tekshiruv ishlarini olib borgan. Vahshiylik aks etgan ushbu videolavhalar 3 nafar samarqandlik yigit tomonidan tasvirga olinib, tarqatilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB xabar berdi.

Ushbu shaxslarga nisbatan tegishli tartibda ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. Samarqand shahar ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi tomonidan uchala yigitga nisbatan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi barcha OAV xodimlari, blogerlar va fuqarolarning axborotni olish, undan foydalanish va tarqatish huquqlari mavjudligini eslatib o‘tgan. Bunday harakatlar qonun doirasida amalga oshirilishi lozim.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda 189-1 va Jinoyat kodeksida 130-1-moddalar mavjud bo‘lib, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilangan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qotillik, Samarqanddagi, videosini, Vahshiy, qamaldi, tarqatganlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz