10:43 Saraton kasalligining «asosiy dushmani» aniqlandi | |
Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining bosh onkologi Andrey Kaprin erta tashxisni saraton kasalligining asosiy dushmani deb atadi. Bu haqda u «Govorit Moskva» radiostansiyasi efirida ma’lum qildi. Shifokor koronavirus pandemiyasi tufayli tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlari bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelganini ta’kidlab, ayni paytda sabr-toqatli bo‘lishga va vaksinatsiyani kutishga chaqirgan. «Biz o‘zimizga e’tiborli bo‘lishimiz kerak. Hamma bilishi lozimki, bizning har qanday fiziologik sekretsiyamizda – tupurikda, siydikda, najasda qon dog‘lari paydo bo‘lishi har ehtimolga qarshi onkologga tekshiruv uchun borishingiz kerakligini bildiradi», – deya qayd etdi mutaxassis. Kaprin erta bosqichda aniqlagan o‘simtani 97 foizga davolash imkoni bo‘lishini eslatdi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|