12:48 Sardoba hodisasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi | |
Sardoba suv ombori dambasi o‘pirilishi oqibatida suv toshqini yuzaga kelishi yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda bugun, 3 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi xabar qildi
Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish DXX organlariga yuklatilgan. Eslatib o'tamiz, joriy yilning 1 may kuni Sardoba suv omborida favqulodda holat yuzaga keldi. Hozirda ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish jarayoni ketmoqda
Manba: "qalampir.uz"
| |
|