Главная » 2020 » Май » 18 » Niderland olimlari Sardoba hodisasi bo‘yicha dastlabki xulosalarini aytishdi
14:53

Niderland olimlari Sardoba hodisasi bo‘yicha dastlabki xulosalarini aytishdi


Niderlandiyalik mutaxassislar Sardoba suv ombori to‘g‘onining o‘pirilishini o‘rganib, maxsus hisobot tayyorladilar, deb xabar beradi "Dunyo" AA.

Ushbu hisobot Deltares bilan bog‘liq mutaxassislar guruhi tomonidan sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari asosida tayyorlangan va unda asosan tabiiy sabablar hisobga olingan.

"Suv o‘pirilishi katta miqdordagi yog‘ingarchilikdan to‘g‘on haddan tashqari to‘lishi, shamol to‘lqini yoki quvurlar ichidagi eroziya natijasida sodir bo‘lishi mumkin", deyiladi ma’lumotda.

Shunga qaramay, ma’ruza mualliflari to‘g‘on o‘pirilishi tezkor tahlili va baholash hali ertaki, sayoz ekanligini eslatdilar. To‘g‘on o‘pirilishining asosiy jarayonlari va sabablarini tushunish toshqinni chuqur va batafsil baholashni talab qiladi.

Ularning fikriga ko‘ra, muntazam va qo‘shimcha monitoring va tekshirish tizimlarini yaratish, suv resurslari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlash, prognoz qilish, erta ogohlantirish, qarorlarni qabul qilish va boshqarish tizimlarini qo‘llab-quvvatlash, ta’sirni baholash va favqulodda vaziyatlar rejasi, favqulodda vaziyatlarni boshqarish va hokazolar, havfga asoslangan tabiiy ofatlarni boshqarish kabi notuzilmaviy choralarni kuchaytirish ham davlat idoralari uchun muhim vazifadir.

Biroq, zarur shart-sharoitlarning aksariyati yaratilib bo‘lgan, faqat ularni ilg‘or bilimlar, ko‘nikmalar, innovasion texnologiyalar va ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish va kuchaytirish kerak.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: aytishdi, Niderland, olimlari, xulosalarini, Sardoba, hodisasi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz