10:46 Yapon olimlari umrni uzaytirish sirini oshkor etishdi | |
Yaponiyaning Osaka universiteti olimlari har kuni piyoda yurish umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qilishini aniqladilar. Bu haqda 5-fevral kuni Express portali Britaniya tibbiy jurnali (BMJ)da chop etilgan tadqiqotga asoslanib xabar berdi. Tajriba mualliflari 13 yil davomida 40 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan 27 mingdan ortiq odamni o‘rganishgan. Tadqiqot natijasida olimlar har kuni bir soat piyoda sayr qilgan ko‘ngillilar nofaol turmush tarzini olib borgan odamlarga qaraganda uzoqroq umr ko‘rishini qayd etdilar. Bundan tashqari, faol ishtirokchilar shifokorlarga kamroq murojaat qilishgan. Ustiga-ustak, tadqiqotchilar piyoda yurishning nafaqat davomiyligi, balki tezligi ham muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashmoqda. Tezroq yurishni afzal ko‘ruvchi tadqiqot ishtirokchilari sekinroq qadam bosuvchi kishilarga qaraganda ko‘proq umr ko‘rishgan. Olimlarning xulosa qilishlaricha, umrni uzaytirish uchun har kuni kamida bir soat 4,83 km/soat tezlik bilan yurish (yoki daqiqasiga 100 qadam tashlash) kifoya.
Manba: "xabar.uz"
| |
|