19:46 Yapon futurologi «og‘ir» pandemiyadan ogohlantirdi | |
Futurolog (kelajakshunos), Yaponiya hukumati maslahatchisi Morinosuke Kavaguti dunyo hademay koronavirus pandemiyasini unutib yuborishi haqida xushxabar aytdi. Biroq o‘rniga boshqa xavf paydo bo‘lyapti... Kavagutining aytishicha, COVID-19 insonlarning umumiy salbiy holatini ochib qo‘ydi, odamlar o‘z hayot tarzlarini o‘zgartirishni aslo istashmayapti. Murakkab vaziyatlarda odamlar qo‘rquvga tushib, ahvolning yanada yomonlashishini kutishadi. «Biroq, boshqa muammolar kabi, bunisi ham o‘tkinchi. Hammasi, xuddi hech narsa bo‘lmaganidek, yana asliga qaytadi», — dedi yapon mutaxassisi. Koronavirus sayyoramiz ahliga jahon sog‘liqni saqlash tizimi haqidagi «achchiq haqiqat»ni fosh etib qo‘ydi. Yapon mutaxassisi sayyoramiz aholisining 10 foizi diabetdan, 30 foizi semirishdan, 60 foizi ortiqcha vazndan aziyat chekayotganini eslatib o‘tdi. «Balki shuning uchun koronavirus oqibatida o‘limlar ko‘pdir. Shunchaki hech kim buni eslamayapti... Achchiq haqiqat shundaki — odamlar judayam semirib ketgan», — ta’kidladi Kavaguti. Dunyoda hech kim salomatlikni yaxshilash muammosiga jiddiy yondashayotgani yo‘q, deydi Kavaguti. Uning fikricha, bugungi kunda koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishdan ham muhimroq masala bu — semirib ketishga qarshi kurashishdir.
Manba: "xabar.uz"
| |
|