15:10 “Sardoba” suv ombori dambasini qurishda beton va armatura ishlatilmaganmi? | |
“Sardoba” suv ombori to‘g‘oni turoq-toshdan barpo qilingan. Bu haqda Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov Xalqaro press-klubning Sardobadagi falokatga bag‘ishlangan sessiyasida to‘g‘oni qurilishida armatura ishlatilmagani, quruq tuproq bilan ko‘tarilgani haqida tarqalgan gap-so‘zlarga javob berarkan aytib o‘tdi. Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonovning aytishicha, to‘g‘onning o‘zi uning loyihaviy konstruksiyasidan kelib chiqqan holda tuproqli-toshli bo‘lgan.
Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Sardoba” suv ombori fojiasi texnogen omillarini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston Yevropa va Osiyo mamlakatlari, xususan Fransiya, Turkiya va Rossiyadan eng professional mutaxassislar kelishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|