20:30 Saudiya Arabistonida qarzi uchun qammoqqa olinganlarning kreditlari to‘lab beriladi | |
Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud qirollikning qarzdorligi sababli qamoqqa olingan 150 dan ortiq aholisiga kreditlarini to‘lash uchun 13 mln Saudiya rialini (deyarli 3,5 mln dollar) ajratdi, deya xabar bermoqda TASS. Unga ko‘ra, bu pullar muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan ajratilgan. Valiahd shahzoda tomonidan yana 87 mln riyal (23 mln dollardan ortiq) xayriya qilindi. Shunigdek: BAA va Saudiya Arabistonida boshqalarga qasddan koronavirus yuqtirish uchun 133 ming dollargacha jarima va besh yilgacha qamoq jazosi qo‘llaniladi. Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, eng katta jarima COVID-19 pandemiyasi haqidagi mish-mishlar va ataylab yolg‘on ma’lumotlar tarqatish uchun 266 ming dollargacha bo‘lgan miqdorda belgilanadi. BAAda esa 27 ming dollargacha jarima solinishi kutilmoqda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|