14:47 Sergeli avtomobil bozori ko‘chiriladi | |
Toshkent shahar Sergeli tumani hududida joylashgan avtomobil bozori ko‘chiriladi. Bu haqda “1news” sayti hukumatdagi manbasiga tayanib ma’lum qildi, deb xabar berdiUz24. Xabar qilinishicha, avtomobil bozorini ko‘chirish loyihasi ishlab chiqilgan. Yaqin davr mobaynida bu borada yakuniy qaror qabul qilinadi. “Ushbu bozor ortiqcha tirbandliklarga sabab bo‘lib, aholiga qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu maqsadda hukumat mazkur bozorni Toshkent viloyati hududiga ko‘chirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqdi. Mazkur takliflar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil 10-iyul kuni tumanga tashrifi doirasida muhokama qilindi”, — deyiladi xabarda. Sergeli avtomobil bozori Yangiyo‘l va Zangiota tumanlaridan biriga ko‘chirilishi mumkin.
Manba: "daryo.uz"
| |
|