21:54 Sergelida ona mastlik oqibatida o‘g‘lining qotiliga aylandi | |
26 mart, yakshanba kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi rus millatiga mansub 53 yoshli ayol spirtli ichimlik ichishi oqibatida 35 yoshli o‘g‘lini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida ma’lum qilindi. O‘sha kuni ayol tug‘ilgan kunini nishonlayotgan edi. O‘g‘li onasini tabriklash uchun kelganida ona shirakayf edi. Ular birgalikda yana spirtli ichimlik ichishdi. Shunda ona va bola o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Oxir-oqibat o‘zini himoya qilishga uringan ona o‘g‘liga pichoq bilan bir necha marta zarba bergan. Buning oqibatida 35 yoshli erkak vafot etgan. Ona IIB xodimlariga bergan ko‘rsatmasida hech narsa esida yo‘qligini, afsusda ekanligini ma’lum qilgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|