12:57 Metro stansiyasi tablosiga xakerlar nojo‘ya gap yozib qo‘yishdi | |
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Sergeli yo‘nalishidagi «3-Bekat» stansiyasida vaqtni ko‘rsatuvchi soat darchasida harakatlanuvchi satrda nojo‘ya gap aks etgan video tarqaldi. «O‘zbekiston temiryo‘llari» matbuot xizmatiga o‘kra, ushbu hodisa bo‘yicha ichki xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, 12-aprel kuni soat 16:40da ushbu vaqtini ko‘rsatuvchi soat mexanizmiga xakerlar tomonidan kiberhujum (buzib kirish) sodir bo‘lganligi aniqlandi. Ushbu darcha elektron tizimli bo‘lib Wi-fi orqali boshqariladi. Hujumchilar soatga o‘rnatilgan parolni buzib, unga nojo‘ya gapni harakatlanuvchi satrga joylashtirgan. «Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan aybdorlar qidirmoqda va ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi, deyiladi» xabarda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|