11:53 Shahzoda Muhammedova sevgan insoni yo‘qligini ma’lum qildi | |
Aktrisa Shahzoda Muhammedova jurnalist Jasur Hamroyev bilan suhbatda Azamat Ahrorov bilan munosabatlari haqidagi savolga javob berdi. Jumladan, aktrisa “Azamat Ahrorovning sevgisiga ishonaman. Judayam hurmat qilaman. Yaqin do‘stim. Bir nechta filmlarda birga suratga tushganmiz”,—dedi. Facebook Mentions yordamida amalga oshirilgan suhbatda aktrisaning muxlislari ko‘plab savollar yo‘lladi. Hatto, ulardan biri Shahzodaga sovchi yuborish niyatida ekanligini ma’lum qilib, undan sevgilisi bor-yo‘qligini so‘radi. Bu savolga esa aktrisa “Sevganim yo‘q”, deb javob berdi. Avvalroq, Shahzoda Muhammedova hamkasbi, aktyor Azamat Ahrorov uning qo‘lini so‘raganini ma’lum qilgan edi. Shu o‘rinda aytish joizki, aktrisa o‘zining Instagramdagi sahifalarida doimiy ravishda aktyor va rejissyor Azamat Ahrorov bilan tushgan suratlarini joylab, unga yurakcha shaklida sharhlar qo‘yib borishi muxlislarning ular sevishgan degan xulosaga kelishiga sabab bo‘lgan edi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|