16:45 Shahzoda Muhammedovaga 600$ tashlagan yigitning xotini pullarni qaytarib oldi | |
Dizayner, aktrisa, boshlovchi va ayrim xollardagi xonanda Shahzoda Muhammedova bilan bog‘liq 600$ voqeasi katta shov-shuvga sabab bo‘lib, uning muxokamasi hali hanuz tinganicha yo‘q. Sirli qolishni istagan o‘sha yigit Sayyod.com nashri bilan bog‘lanib, bu holatni o‘z voqeasi borligi va Shahzodani muxlisi ekanini aytgandi. Sayyod.com nashriga ma’lum bo‘lishicha, bu voqeadan u yigitning turmush o‘rtog‘i xabar topgan va avvaliga aktrisa Shahzoda Muhammedova bilan bog‘lanib, uni eridan piar uchun foydalanayotganlikda ayblab, e’tiroz bildirgan va Shahzodani oldiga kelib, pulni qaytarib olgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha voqeadan so‘ng yigit yana Shahzodaga shirinlik bilan 200$ tashlab ketgan. Unisini ham yigitni ayoli qaytarib olganmi, yo yo‘qmi noma’lum. Bu oldi-berdining ma’nosi nimaga taqalgan hanuz jumboq, deb yozadi nashr. O‘sha sirli yigit Sayyod.com nashri tomonidan o‘tkaziladigan “Fahrli inson” hayriya loyihasiga ham o‘z hissasini qo‘shib ketgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|