O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joriy yilning may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifini amalga oshirishi haqida haqida xabar bergan edik.
Prezidentning davlat tashrifi kunlari aniq bo‘ldi. Shavkat Mirziyoev joriy yilning 11-13 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyga boradi va 14-15 may kunlari “Bir belbog‘ – bir yo‘l” forumida qatnashadi.
Ma’lumot uchun, Forumda O‘zbekiston, Argentina, Belarus, Chili, Chexiya, Indoneziya, Qozog‘iston, Keniya, Laos, Filippin, Rossiya, Shveysariya, Turkiya, Vetnam prezidentlari, Kambodja, Efiopiya, Fiji, Yunoniston, Vengriya, Italiya, Malayziya, Mo‘g‘uliston bosh vazirlari, Myanma davlat kotibi, shuningdek, Pokiston, Polsha, Serbiya, Ispaniya, Shri-Lanka bosh vazirlari ishtirok etadi.
Bobur Jalolov