Главная » 2017 » Июнь » 16 » Shavkat Mirziyoev topshirig‘i: Toshkentda 11 yillik maktab ochiladi
14:09

Shavkat Mirziyoev topshirig‘i: Toshkentda 11 yillik maktab ochiladi


O‘zbekiston Respublikasida ta’limni tubdan isloh etish, yoshlarni keng dunyoqarash egalari etib tarbiyalash, ularni ham yuksak ilm-fan, ham hunar egalari etib voyaga yetkazish masalasiga mustaqillik yillarida alohida e’tibor qaratildi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. 2004-2009 yillarga mo‘ljallangan “Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ishlab chiqildi.

Mazkur dasturlarga asosan 1998 yildan boshlab Toshkent shahri, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida 11 yillik maktablar bosqichma-bosqich tugatilib, 9 yillik ta’limga o‘tildi. Majburiy ta’lim qonunga ko‘ra, 12 yil etib belgilanib, uning qolgan 3 yili akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida davom ettirilishi belgilab qo‘yildi. Toshkent shahrida 11 yillik maktablar faoliyati 2007 yildan tugatilgan bo‘lsa, Respublikaning qolgan chekkalarida 2009 yildan 11 yillik ta’lim butkul yopilgan edi.

Bugungacha O‘zbekistondagi maktablarda 11 yillik ta’limning tiklanishi yuzasidan turli gap-so‘zlar tarqaldi. Hatto, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Virtual qabulxonasiga mazkur masala yuzasidan murojaat qilganlar ham bo‘ldi.

Xabaringiz bor, bugun, 16 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 78-umumta’lim maktabida bo‘ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoev maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash, xususan, ushbu maktabda tajriba sifatida 11 yillik ta’limni qayta tiklash, uning qoshida o‘quv-kasb korxonasi tashkil etish zarurligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoev bunga izoh berar ekan, quyidagilarni ta’kidladi.

“Yuqori sinflarda bolalar shaxs bo‘lib, jamoa bo‘lib shakllanadi. Ayni o‘sha paytda ularni o‘zlari o‘rgangan muhitdan ajratib qo‘ymaslik kerak. Bu yoshlarning ruhiyatiga, davomatiga, oxir-oqibatda ta’lim-tarbiyasiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois ta’lim jarayonining usluksizligini ta’minlash, o‘quv dasturlarini takomillashtirish zarur”.

Ma’lumot uchun, bugungi kunga kelib O‘zbekiston Respublikasida 9680 ta umumta’lim maktablari faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 9574 tasi 9 yillik maktab sanaladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 11 yillik maktab, Shavkat Mirziyoev | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz