21:26 Shifokor immunitetni koronavirusga qarshi tayyorlash yo‘llarini aytdi | |
Rossiyalik shifokor-infeksionist Yevgeniy Timakov koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini sharoitida immunitetni mustahkamlash bilan jiddiy shug‘ullanishga chaqirdi.Mutaxassisning so‘zlariga ko'ra, organizmga tushadigan virus yukini bir nechta usul bilan pasaytirish mumkin. “Infeksiya yuqtirmaslik yoki uni yengil shaklda o‘tkazish uchun shilliq qavati doimo nam holda bo‘lishi kerak: burun bo‘shlig‘i shilliq qavati antibakterial, virusga qarshi omillarni o‘zida saqlaydi. Bundan tashqari, u yerda infeksiyani tanadan chiqarib tashlaydigan maxsus tuklar bor. Agar burun ichi quruq bo‘lsa, xonadondagi havo quruq bo‘lsa, virusli infeksiya organizmdan chiqmaydi, u quruq joylarda bo‘ladi va tezda ichkariga kiradi. Va O‘RVIning og‘ir shaklda kechishiga sabab bo‘ladi”, - dedi Timakov. Nam shilliq qavati koronavirus og‘ir kechishining oldini olishga yordam beradi. “Agar shilliq qavati nam bo‘lsa, ishdan yoki maktabdan uyga kelganimizda yuvinib, fizik eritma bilan burunni chayqashimiz yetarli. Shu tarzda shilliq qavatiga kirib, ko‘payishga ulgurmagan virusni yuvib tashlaymiz. Bu virus yukini sezilarli darajada kamaytiradi. Koronavirusda organizmga kirgan virus miqdori, virus yuki asosiysi hisoblanadi. Va biz buni har qanday usul bilan kamaytirishimiz kerak”, - deya ta'kidladi ekspert. Bundan tashqari, immunitetni tutib turish uchun sog‘lom ovqatlanish va ochiq havoda mashq qilish juda muhim. “To‘laqonli ovqatlanish talab qilinadi - kimyo, fast-fud, konservalar, Ye-stabilizatorlardan iborat mahsulotlar emas.. Chunki ichak ularga javob qaytarishi sababli u o‘z xususiyatlarini o‘zgartiradi. Butun organizmdagi immunitet uchun ichak javob beradi. Burun bo‘shlig‘idan keyingi to‘siq aynan ichaklarimizdir. Ichaklar ishlamay qolganida immunitet pasayadi. Yana bir narsa: qon kislorod bilan to‘liq to‘yinishi zarur. Shuning uchun toza havoda yurish kerak. Bu immunitetni kuchaytiradi”, - dedi shifokor. U shuningdek, D vitamini qabul qilishni tavsiya qildi. "D vitamini immunitetni koronavirus va boshqa infeksiyalarga qarshi kurashish uchun kuchaytirishi isbotlangan", - dedi Yevgeniy Timakov. Immunitetni kuchaytirishning yana bir muhim usuli - bu turli infeksiyalar qo‘zg‘atuvchilari bilan doimiy to‘qnashuv. Bu, ayniqsa, koronavirus pandemiyasi sharoitida juda muhim. “Mavsumiy O‘RVI haqiqatan ham immunitet tizimini mustahkamlashga yordam beradi. Va barchani uch oy davomida bir-birlari bilan muloqot qilmasdan izolyatsiyada o‘tirishga majbur qilish juda katta xato bo‘lgan bo‘lur edi. Bu vaqt ichida organizm boshqa infeksiyalar va viruslar borligini unutadi va immunitetni mashq qildirishni to‘xtatadi. Muayyan kasallik qo‘zg‘atuvchilariga qarshi immunitetni emas, balki tabiatan bizga xos bo‘lgan umumiy immunitetni. Mazkur umumiy immunitet doimo mashq qilib turishi kerak”, - deya xulosa qildi shifokor.
Manba: "kun.uz"
| |
|