08:56 Shifokorlar kunduzgi uyqu va halokatli xastalik o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi | |
Kunduzgi vaqtda uyquchilikni boshdan kechiruvchi kishilar Alsgeymer xastaligiga chalinishga ko‘proq moyil. AQSh Vashington universiteti shifokorlari ana shunday xulosaga keldi, deb yozadiMedPage Today. Tadqiqotda 189 kishi ishtirok etdi. Ularning o‘rtacha yoshi 66 yoshni tashkil etdi. Olimlar ikki hafta davomida ko‘ngillilar biologik faolligini kuzatdi. Bundan tashqari, beta-amiloidlarni (Alsgeymer xastaligini keltirib chiqaruvchi peptidlar) aniqlash uchun magnit-rezonans tomografiya yordamida ularning bosh miyasi suratlari olindi. Shifokorlar miya faoliyatini izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan amiloid toshmalari bo‘lgan insonlar kechasi yomon uxlab, kunduzi uyquchanlikni boshdan kechirishini aniqladi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|