22:45 Shifokorlar koronavirusning «hayratlanarli alomati»ga e’tibor qaratishdi | |
Koronavirusni yuqtirgan ayrim bemorlarda «baxtli gipoksiya» kuzatilgan. Bunda organizm qoniqarsiz holatda bo‘lsa ham, bemor o‘zini yaxshi his qiladi, deb yozadi «Sciencemag». «Bemorning ahvoli bilan monitordagi ko‘rsatkichlar o‘rtasida juda katta farqni ko‘rish mumkin», — dedi Nyu-York shifokori Ruben Streyer. Tibbiyot xodimi COVID-19 bemorlarining bunday xususiyatidan hayratda qolganini yashirib o‘tirmadi. Pulmonolog Elnada Marsiya Negrining ta’kidlashicha, sog‘lom odamlarda saturatsiya – qonning kislorodga to‘yinganlik darajasi 95 foizni ham tashkil etmaydi. Shu bilan birga, 80, 70 yoki hatto 50 foizli ko‘rsatkichga ega koronavirusga chalingan bemorlar ham mutlaqo sog‘lom ko‘rinishi mumkin.
Manba: "xabar.uz"
| |
|