Главная » 2017 » Январь » 26 » Shifokorlar Muqaddas Xoliqova haqida: Xavf ortda qoldi
16:08

Shifokorlar Muqaddas Xoliqova haqida: Xavf ortda qoldi


Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqova 22 yanvar kuni yurak xurujini boshidan kechirib, shifoxonaga joylashtirilgan edi.
 
24 yanvar kuni o‘tkazilgan muolajalardan so‘ng aktrisaning ahvoli og‘irlashdi. Shundan so‘ng Xoliqova Toshkentdagi 1-sonli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish bo‘limidan Respublika Kardiologiya markazi shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga o‘tkazildi.
 
Bu orada ijod ahli, xususan, muxlislar o‘rtasida xavortir yanada kuchaydi. Kechadan boshlab o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalariga Muqaddas Xoliqovaning suratini joylashtirib, unga sog‘lik tilashmoqda.
 
O‘zbekiston xalq artisti Muqaddas Xoliqovaning qizi Zebiniso tahririyatimiz bilan doimiy aloqada bo‘lib, bog‘lanib turibdi. Uning yetkazgan ma’lumotlariga qaraganda, aktrisaning ahvoli ancha yaxshi, ko‘rsatilayotgan muolajalar va davo choralari o‘z samarasini berib, aktrisaning solamatligi sekin-asta tiklanmoqda. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, operatsiya yaxshi o‘tib, xavf ortda qolgan. Biroq aktrisaning qachon jonlantirish bo‘limidan chiqarilishi haqida aniq ma’lumotlar berilmayapti.
 
Muqaddas Xoliqovaning qizi esa ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali onasining ahvoli ancha yaxshiligini ma’lum qilib, qo‘llab-quvvatlagan, duoda bo‘layotgan muxlislariga o‘z minnatdorchiligini bildirgan va salomatlik tilayotganganlarning gaplarini onasiga yetkazganini aytgan.  


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Shifokorlar, Muqaddas Xoliqova, Xavf ortda qoldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz