09:53 Sovun tanlashning 5 qoidasi | |
Gigiena vositalari ichida eng ko‘p ishlatiladigani sovun, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Quyida ularni tanlashda ahamiyat berishimiz kerak bo‘lgan muhim qoidalarni sanab o‘tamiz. • Antibakterial sovundan har kuni foydalanib bo‘lmaydi. Uning tarkibidagi moddalar kerakli bakteriyalarni ham o‘ldiradi. • Gul va mevalar hidi ufurib turgan sovun tarkibida allergiyani qo‘zg‘ovchi moddalar bo‘ladi. Qolaversa, asosiy qismi ishqordan iborat. U terining kislota-ishqor muvozanatini buzadi va po‘st tashlashini kuchaytiradi. • Gliserinli sovunning afzallik tomoni shundaki, u terini yumshatadi. Biroq tarkibida gliserindan tashqari spirt ham bo‘lib, sovunning samarasini kamaytiradi. • Eng yaxshisi — bolalar sovuni. Tarkibida ishqor va terini qurituvchi moddalar minimal darajadan kam. Bundan tashqari, unga tabiiy o‘simlik ekstraktlari va yumshatuvchi tarkibiy birikmalar qo‘shiladi. • Xushbo‘y, chiroyli, och rangli sovunlarni tanlamang, aynan shunday sovunlarning foydasi kamroq bo‘ladi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|