17:54 Odam tanasidan sovun ishlab chiqarilgan — 95 yoshli odam ayblanmoqda | |
Germaniyada Shtutgof konslagerining 95 yoshli sobiq kotibi 10 mingga yaqin mahbusni o‘ldirishda, shuningdek, qotillikka urinishda ayblanmoqda, deya «RIA Novosti»ga ma’lum qildi katta prokuror Piter Myuller-Rakov. «Biz Shtutgof konslageri komendantining sobiq kotibiga qarshi ayblovlarni e’lon qildik. Biz uni 10 mingdan ortiq qotilliklar hamda qotillikka urinishda aloqador boshqa epizodlarda ayblamoqdamiz», — dedi u. Natsistlarning Shtutgof konslageri 1939-yilda Gdanskdan sharqda bosib olingan Polsha hududida tashkil etilgan. Lagerda 65 mingga yaqin mahbus halok bo‘lgan. Shtutgof asirlarida tibbiy tajribalar o‘tkazilgan, odam tanasidan sovun ishlab chiqarilgan. Ayni paytda konslager joylashgan joyda muzey faoliyat olib bormoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|