13:24 TEST: SIZ QANDAY DUGONASIZ? | |
1. Dugonangiz bilan qo‘ng‘iroqlashmaganingizga ham ikki hafta bo‘ldi. Unga qo‘ng‘iroq qilganda birinchi galda nima deysiz? A. Nega hech qo‘ng‘iroq qilmaysan? B. Salom, hozir bir gap aytaman, o‘zingni tashlavorasan... C. Salom, ishlaring yaxshimi? 2. Dugonalaringiz bilan uchrashganda siz asosan: A. Ularni tinglaysiz. B. Shikoyat qilasiz. C. Tinmay gapirasiz. 3. Ayollar dugonachiligiga munosabatingiz qanday? A. U mavjud emas, deb hisoblaysiz. B. Unga ishonasiz va haqligingizni isbotlash uchun istalgancha dalil keltirishga tayyorsiz. C. Hammasi aniq odamlarga bog‘liq, deb hisoblaysiz. 4. Siz uchun dugonalaringiz: A. Eng qattiqqo‘l tanqidchilaringiz. B. Sizni qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha qabul qiladigan kishilar. C. Sizsiz hech narsani eplolmaydigan kishilar. 5. Dugona bo‘lib qolish uchun nima qilish kerak? A. Haftasiga kamida bir marta uchrashib turish. B. Har kuni qo‘ng‘iroqlashib turish.
C. Bir-biringizni hayotlaringizdagi muhim voqea va o‘zgarishlardan xabardor qilib turish. 6. "Dugona" so‘zi siz uchun qaysi rang bilan muvofiq keladi? A. Yashil. B. Oq. C. Moviy. Javoblaringizda: "A" ko‘p bo‘lsa: siz to‘yingizgacha dugonalaringizdan birortasiga bo‘lg‘usi turmush o‘rtog‘ingizni ko‘rsatmagansiz. Siz dugonalaringiz orasida o‘zingiz uchun qulay va xavfsiz joyni topib olgansiz. Faqat buni dugonachilik, deb bo‘larmikan?! Bu shunchaki tanish-bilishchilik munosabati bo‘lsa kerak. Shunda ham boshqalar sizni dugonalaringiz yo‘qligida ayblamasligi uchun xo‘jako‘rsinga yo‘lga qo‘yilgan munosabat. Ruhiyatshunoslar insonning eng nozik tuyg‘ulari va sirlarini o‘rtoqlashadigan do‘stlari (dugonalari) bo‘lmasa, uni to‘la baxtli, deyishga asos yo‘qligini ta’kidlashadi. "B" javob ko‘p bo‘lsa: Siz nuqul gapirasiz, gapirasiz, gapirasiz... Sizni samimiy emaslikda, yoki tuyg‘ularingizni yashirishda ayblash mushkul. Ammo bu paytda dugonangiz nima qilish kerakligini hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Bir daqiqa tin oling-da, oxirgi marta qachon dugonangizni ham tinglaganingizni, uning hayoti bilan qiziqqaningizni eslab ko‘ring. Sizni tinglamaydigan, hayotingiz bilan umuman qiziqmaydigan odam bilan dugona bo‘lishdan qanday ma’ni topish mumkin. "S" javob ko‘p bo‘lsa: Siz dugonalaringizni ularning barcha ijobiy va salbiy jihatlari bilan birdek tan olasiz va qabul qilasiz, ular bilan birga quvonch va qayg‘ularini baham ko‘rishga, zarur paytda ularga yordamga kelishga tayyorsiz. Shu bois atrofingizda dugonalaringiz soni keragidan ancha ortiqroq.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|