10:46 Tezkor: Dollar va yevroning rasmiy kursi keskin ko‘tarildi | |
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, 16 apreldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha: 1 AQSH dollari 10 121 so‘mni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 427 so‘m 64 tiyinga qimmatlashdi. 1 yevro kursi 11 111 so‘m 85 tiyinga baholanib, 512,16 so‘mga qimmatlashdi. Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 7 so‘m 26 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 138 so‘m 69 tiyin etib belgilangan. Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|