Главная » 2016 » Декабрь » 7 » To‘yib uxlamaslik mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazadi
19:38

To‘yib uxlamaslik mamlakat iqtisodiyotiga zarar yetkazadi


Xalqaro RAND nodavlat tashkiloti to‘yib uxlamaslik holati va iqtisod o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib chiqib, yuqoridagi kabi xulosani qayd etdi. Uyqu vaqtining yetishmasligi oqibatida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti 100 milliardlab dollar miqdorda zarar ko‘rishi mumkin.
 
To‘yib uxlamaslik ishning unumdorligiga putur yetkazadi, uyqusizlik o‘lim xavfini 13 foizga oshiradi. Bularning bari esa iqtisodiyotga bevosita ta’sir qiladi.
 
Mutaxassislar kuniga 7 soatdan 9 soatgacha uxlashni tavsiya etishadi. Kuniga 6 soatdan kam uxlagan inson o‘z salomatligiga zarar yetkazadi. AQShda o‘limga olib keluvchi 15 ta omilning 7 tasi aynan uyqu bilan bog‘liq. Uyquning yetishmasligi oqibatida qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklari yuzaga kelishi mumkin.
 
Tadqiqotchilar butun dunyoning 62 ming nafar ishchi xodimlarining uyqu vaqtini tahlil qilishdi. Aniqlanishicha,  birgina Buyuk Britaniyaning o‘zida to‘yib uxlamaslik sabab yiliga 200 kun besamar o‘tadi.
 
Britaniyaliklarning uyqu vaqti yana bir soatga cho‘zilishi esa mamlakat iqtisodiyotiga 30 milliard dollar miqdorda daromad keltirishi mumkin. Bir yil davomida Buyuk Britaniyada umumiy hisobda 50 milliard dollarga yaqin mablag‘ besamar sarflanadi.
 
Bu borada AQSh yetakchilik qiladi. Qo‘shma shtatlarda xodimlarning to‘yib uxlamasligi sabab iqtisodiyotga 411 milliard dollar miqdorda zarar yetkaziladi. Yaponiyada bu omil 138 milliard, Germaniya esa 60 milliard dollar miqdorda zarar keltiradi.
 
Uyqusizlik fikrni jamlashga, tetik bo‘lishga halaqit beradi, natijada ish kuni besamar ketishiga olib keladi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: uyqi, to'yib uxlamaslik, Ish | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz