Главная » 2016 » Октябрь » 25 » Tomoq og‘rig‘ining 10 davosi
14:56

Tomoq og‘rig‘ining 10 davosi


Tomoq og‘rig‘idan xalos bo‘lishning 10 ta xalqona usulini e’tiboringizga havola etamiz.  

 1. Marmarak (shalfey) ajoyib antiseptik va yallig‘lanishga qarshi vositadir. 1 osh qoshiq quritilgan marmarakni 1 piyola qaynoq suvda 10 daqiqaga damlab, so‘ng suzib oling. Damlamaga 1 osh qoshiq asal solib, biroz sovigach, tomog‘ingizni chaying. Kun davomida 3-4 marta g‘ar-g‘ara qilsangiz, yaxshi natijaga erishasiz.

 2. 1 piyola qaynab sovugan suvga 1 choy qoshiqdan olma sirkasi va asalsolib, kam-kamdan kun davomida 3-4 marta iching.

 3. 1 choy qoshiqdan chakanda moyi va aloe sharbatini aralashtirib, oz-ozdan shimib yursangiz ham, og‘riqdan oson xalos bo‘lasiz.

 4. Dori ichmayman deb xarxasha qiladigan bolalar uchun foydali o‘simliklardan xo‘rozqand tayyorlab berishingiz mumkin. Buning uchun 300 gr. asal, 1 choy qoshiq zanjabil (imbir) tolqoni, yarim osh qoshiq limon sharbati kerak bo‘ladi. Asal va zanjabil tolqonini idishga solib, past olovda ikki soat davomida qaynating. Qiyom tayyor bo‘lganini tekshirish uchun bir tomchisini sovuq suvga tomizib ko‘ring. Maromiga yetgan bo‘lsa, limon sharbatini ham solib, tayyor aralashmani sariyog‘ surtilgan qolipchalarga quyib chiqing va olish oson bo‘lishi uchun tishkavlagich suqib qo‘ying.

 5. Teng miqdorda un, xantal va asalni aralashtirib, xamir holiga keltiramiz, so‘ng tomoqqa qo‘yib, ustidan sochiq bilan o‘rang. Bunday muolajani 2-3 kun davomida qilish mumkin.

 6. Bir nechta anjir qoqini 200 gr. sutda qaynatib ichish ham tomoqni yumshatib, balg‘am ajralishiga yordam beradi.

 7. Samarali va foydali usullardan yana biri ingalyatsiya bo‘lib, uni to‘g‘ri bajarsangiz, tomoq og‘rig‘idan tez xalos bo‘lasiz. Demak, idishga suv solib, ikki dona kartoshkani parrak qilib kesing va shu suvda qaynating. So‘ng unga 1 osh qoshiq ichimlik sodasidan solib, og‘iz orqali nafas oling. Ingalyatsiya uchun eng normal harorat 80-90 daraja bo‘lib, bundan issiq bug‘da tomog‘ingiz kuyishi mumkin. Yodingizda bo‘lsin, hiqildoq, tomoq, nafas yo‘llari, bronxlarni davolash uchun og‘iz orqali nafas olib, 2 soniyadan so‘nggina uni chiqarish foydali. Tumovda esa burundan nafas olgan maqsadga muvofiq. Ingalyatsiyadan so‘ng bir soat davomida ichimlik ichish, ovqatlanish va chekish harakatlaringizning samarasini kesadi.    

9. Sedanali damlamalar ham tomoq og‘rig‘ida yaxshi foyda beradi. Ayniqsa, immun tizimini himoyalovchi mahsulot sifatida sedana moyini salatlarga qo‘shib tanovul qilish ham tezroq sog‘ayib ketishingizni ta’minlaydi.

 10. Kechqurun 1 dona turp yoki sholg‘omning ichini o‘yib, 1 osh qoshiq asal solib qo‘ying. Ertasiga kun davomida hosil bo‘lgan sharbatni 1 osh qoshiqdan ichsangiz, tezda shifo topasiz.

P/S: Unutmang, har bir organizm o‘ziga xosdir. Muolajalarni qo‘llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

SAODAT tayyorladi


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Davo, salomatlik, Tomoq og‘rig‘i | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz