10:41 «Barcha dardlarga davo» deyilayotgan kavbuz nima o‘zi? | |
Ukrainalik biolog-olim yetishtirgan kavbuz nomli o‘simlikning foydali xususiyatlari haqida «Comments.ua» yozmoqda. Kavbuz — tarvuz (ukr. kavun) va qovoq (ukr. garbuz)ning chatishtirilishidan dunyoga kelgan. Muallifi — ukrainalik olim Anatoliy Potopalskiy. Aytishlaricha, o‘simlik hosili xuddi tarvuz yoki qovoqniki kabi yumaloq bo‘lib, faqat kattaroq, hatto 60 kilogrammdan ham oshishi mumkin, qolaversa, hosildorligi uch baravar yuqori. Mazasi ham totli deyishmoqda. Po‘stlog‘i ko‘proq tarvuznikiga o‘xshaydi: yo‘l-yo‘l-yashil, mag‘zi esa qovoqni eslatadi — to‘q sariq. Olimlar ishontirishicha, ushbu biologik ixtiro fruktoza, kletchatka, pektin, oqsil va mikroelementlarga boy. Organizmdagi o‘simtalarga qarshi kurashish xususiyatiga ega, qolaversa, aterosklerozga qarshi kurasha oladi, deyishmoqda. Buning uchun kuniga shu mevadan 100 grammdan yeyishni tavsiya qilishmoqda. Kavbuz organizmdan og‘ir metallar va radionuklidlarni chiqarib yubora olarkan. Organizm himoya kuchlari zaiflashganda, jigar, buyrak, yurak-qon tomir, va asab xastaliklarida, metabolizmning buzilishida kavbuzdan tayyorlangan shirinlikni iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|