12:25 Tuya suti jigar serroziga davo bo‘ladimi? | |
SSV matbuot xizmati Virusologiya ilmiy tekshirish instituti direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Erkin Musaboyev bilan gepatologiyaning dolzarb masalalari, jigar kasalliklarining oldini olish xususida suhbat uyushtirdi. – Odamlar orasida tuya suti ko‘plab og‘ir kasalliklar, jumladan, jigar sirroziga davo bo‘ladi, degan tushuncha bor. Bu haqda sizning fikringiz qanday? – Bizga murojaat qiladigan ko‘pgina bemorlardan ham bunday fikrlarni eshitamiz. Biroq tuya sutining sirrozni yoki boshqa og‘ir kasalliklarni davolashda samara berishi tibbiyotda isbotlanmagan. Qolaversa, xomligicha ichilgan sut boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Masalan, brutsellyoz yuqishi xavfi ortadi. Boz ustiga katta yoshli odamlarda sutni hazm qiluvchi fermentlar yo‘qligi tufayli sutning hazm bo‘lishi qiyinlashib ichak dam bo‘ladi. Allergik reaksiyalar kelib chiqishi mumkin. – Tibbiyotimizga «Gepatit S» ni davolashda zamonaviy dori-darmonlar kirib kelayotgani haqida yangiliklar tarqalmoqda... – «Gepatit V» virusi va unga qarshi olib borilayotgan profilaktika va davolash ishlari samaralari haqida ham so‘zlab bersangiz. – Ma’lumki, mamlakatimizda 2000-yildan buyon «Gepatit V»ga qarshi emlash ishlari tizimli tashkil etilyapti. Natijada emlangan bolalar o‘rtasida ushbu kasallik deyarli qayd etilmayapti. Biroq katta yoshli aholi orasida bu kasallik uchrab turibdi. «Gepatit V» asosan qon orqali yuqadi. Shu o‘rinda aytishni istardimki, Gepatit V ning oldini olishning ham samarali yo‘li emlashdir. Katta yoshli aholi ham bu vaksina bilan emlanishi mumkin. Chunki inson hayoti davomida bir necha bor stomatologiya yoki boshqa tibbiy muolajalardan foydalanadi. Qolaversa, go‘zallik salonlari xizmatidan foydalanish rivojlanib borayapti, bunda badanga sanchiluvchi jihozlar ham ishlatiladi. Bu jarayonda virus yuqmasligidan hech kim kafolatlanmagan. Emlash esa virusga qarshi mustahkam immunitetni shakllantirib, organizmni himoya qiladi.
Manba: "xabar.uz"
| |
|