10:51 Toshkent metrosi uchun Rossiyadan 14 ta yangi harakat tarkibi olib kelinadi | |
Qayd etilishicha, 2021 yilning o‘tgan davriga nisbatan hozirgi vaqtda yo‘lovchilar soni 150-200 mingga ortgan. Kunlik yo‘lovchilar soni esa 450-480 mingni tashkil qilmoqda. 2022 yilning sentabr oyidan metro xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilarning soni 500 ming nafardan ortishi kutilmoqda. Shunga ko‘ra, poyezdlar harakatining oraliq intervali ertalabki tig‘iz vaqtlarda (07:30 dan 09:30 ga qadar) “Chilonzor” yo‘nalishida 2,5-3 daqiqa, “O‘zbekiston” yo‘nalishida 3,5-4 daqiqa, “Yunusobod” yo‘nalishida esa 5-6 daqiqa etib belgilanadi. Platformadagi tirbandlikni oldini olish va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan bekatlarda metropolitenda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yo‘lovchilarning bekatlarga kirish tartibi nazoratga olinadi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|