15:31 Toshkentda yangi «Poytaxt bank» tashkil etiladi | |
Yangi “Poytaxt bank” aksiyadorlik tijorat uy-joy-qurilish jamg`arma banki Toshkentning Olmazor tumani, Beruniy ko`chasi, 43 uy manzilida joylashadi. ATUJQJB «Poytaxt bank»ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: Aholi va yuridik shaxslarga ipoteka krediti taqdim etish hamda uy-joyga bo`lgan talablari qismida bank xizmatalarini ko`rsatish; Arzon ko`p xonali uylarni qurish bilan shug`ullanadigan pudratchi tashkilotlarga kredit mablag`lari taqdim etish; Arzon ko`p xonali uylarni qurish va loyihalash qismida buyurtmachi funksiyasini bajarish; Toshkent shahrida arzon ko`p xonali uylarni qurishga ixtisoslashgan pudratchi tashkilotlarga kredit va lizing xizmatlarini ko`rsatish; Arzon ko`p xonali uylarni moliyalashtirishga xorijiy investisiyalar va xalqaro institutlarning mablag`larni jalb qilish; Muhandislik infratuzilmasini yaxshilashni ko`zda tutadigan loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda investisiya faoliyatini bajarish; Zamonaviy, tejamkor va talabgir qurilish materiallarini ishlab chiqaradigan tashkilotlarni kreditlash; Yuridik va jismoniy shaxslarga universal bank sifatida bank xizmatalarini ko`rsatish. «Poytaxt bank»ning ustav jamg`armasi 10 mln evrodan kam bo`lmagan miqdorda shakllanatiriladi, shundan 3 mlrd so`m Toshkent shahrining mahaliy byudjeti hisobidan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarni jalb qilish, jumladan xorijiy investorlar hisobiga ham. Ustav jamg`armasi shakllantirilgandan hamda so`ng Markaziy bank “Poytaxt bankni” davlat ro`yxatidan o`tkazadi va o`rnatilgan tartibda xorijiy valyuta operasiyalarini o`tkazish bo`yicha lisenziya beriladi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|