11:43 O‘zbekistonga “Johnson & Johnson” vaksinasining yangi partiyasi olib kelindi | |
O‘zbekistonga koronavirusga qarshi emlash uchun 583 200 doza “Johnson & Johnson” vaksinasi keltirildi. Qayd etilishicha, “Johnson & Johnson” O‘zbekistonda SOVID-19ga qarshi qo‘llanilayotgan sakkizinchi turdagi vaksinadir. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bu davrda 71,6 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanilgan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “COVID-19”ga qarshi emlash ishlari tizimli ravishda boshlanganiga bir yarim yildan oshdi.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|