Главная » 2022 » Ноябрь » 17 » Kimlar O‘zbekistonga dron olib kirishi mumkin?
17:14

Kimlar O‘zbekistonga dron olib kirishi mumkin?


Vazirlar Mahkamasining 15.11.2022-yildagi “O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 658-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq respublika hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlar, ularning butlovchi va ehtiyot dismlarining belgilangan tartibda majburiy deklarasiya qilinadigan tranzitidan tashqari qonunga xilof ravishda olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanish taqiqlanadi.

Shu bilan birga quyidagi sub’yektlar tomonidan ularni (va butlovchi qismlarini) olib kirish,sotish, sotib olish, saqlash yoki foydalanish bundan mustasno:

– Turizm va madaniy meros vazirligi;

– Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining “Geoinnovasiya markazi” DUK;
“Chorvoq” erkin turistik zonasi direksiyasi;

– YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi.

Amaldagi qonunchilik bilan quyidagi harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan:

– Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ularning butlovchi va ehtiyot qismlarini qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish;

– Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni saqlash, ulardan foydalanish yoki ularni boshqa shaxslarga berish tartibini buzish, shuningdek ulardan boshqa maqsadlarda foydalanish.

Shuningdek, qarorga muvofiq:

– vazirlik, idoralar va xo‘jalik sub’yektlariga Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida uchuvchisiz uchadigan apparatlarni va ularning butlovchi qismlarini olib kirish, sotish, sotib olish, saqlash yoki ulardan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin;

– respublikaning turizm salohiyati to‘g‘risida foto va videomateriallar tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlarga uchuvchisiz uchadigan apparatlarni respublika hududiga vaqtincha olib kirish, saqlash va ulardan foydalanish uchun ruxsatnoma Turizm va madaniy meros vazirligining iltimosnomasiga asosan Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviasiyasi agentligi tomonidan beriladi.

Hujjat bilan quyidagi Nizomlar tasdiqlanmoqda:

– O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va davlat aviasiyasida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish va ularni saqlash tartibi to‘g‘risidagi;

– Uchuvchisiz uchadigan apparatlarni vaqtincha olib kirish, saqlash va O‘zbekiston Respublikasi hududida ulardan foydalanish uchun iltimosnoma berish tartibi to‘g‘risidagi;

– O‘zbekiston Respublikasi hududida aerosuratga olish ishlarini havo kemalaridan foydalangan holda amalga oshirish to‘g‘risidagi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.11.2022-yildan kuchga kirdi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: O‘zbekistonga, Kimlar, Dron, mumkin, kirishi, olib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz