20:48 Toshkentda 26 yoshli yigit FXDYo binosi oldida xotinini pichoqladi | |
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 18-aprel kuni ro‘y bergan oilaviy janjal qotillik bilan yakunlandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. Shu kuni soat 12:30 atrofida Tuzel dahasida yashovchi, 1992- yilda tug‘ilgan D.Azizov Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida joylashgan tuman FHDYo binosi oldida turmush o‘rtog‘i, 1993-yilda tug‘ilgan O.Azizova bilan mojaroga boradi va unga pichoq urib, jarohat yetkazadi. O.Azizova kasalxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumdi. D.Azizov qo‘lga olindi.
Manba: "daryo.uz"
| |
|