20:32 Тошкентда “долларфуруш” қўлга тушди | |
2018 yilning 15 yanvar kuni Toshkent shahar IIBB fuqaro U.B. ariza bilan murojaat qilib, unda “Nodir” ismli shaxs valyuta qimmatliklarini qora bozor narxida qonunga xilof ravishda olish-sotish bilan shug‘ullanib kelayotganligini ma’lum qilgan. Ushbu ariza asosida shu kuni Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan shaxsni qo‘lga olish borasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Buning natijasida Olmazor tumani hududida G‘.N. fuqaro U.B.ga 7000 AQSh dollarini 57 mln 750 ming so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan G‘.N.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan, deb xabar qilmoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.
Manba: "kun.uz"
| |
|