13:02 Toshkentda erkak cholni do‘pposlab, kampirining qo‘lini qaychi bilan kesib tashladi | |
Toshkent viloyati. 2020 yil 12 aprel soat 23:30 da muqaddam bir necha marotaba sudlangan 28 yoshli X.X., mast xolda spirtli ichimlik ta’sirida, Nurafshon shahar Navro‘z mahallasida yashovchi, 88 yoshli Z.A., ning xonadoniga deraza orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirib, mehmonxonadagi shkaflarini ochib moddiy qimmatliklarni qidirayotgan vaqtida Z.A., bu harakatlarini sezib qolganida X.X., qo‘llari bilan Z.A., ning bosh qismiga urib, oyoqlari bilan tepib, uning turmush o‘rtog‘i 85 yoshli M.A., ga hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib, tokchada turgan qaychi bilan uning qo‘llarini kesib, tan-jarohati yetkazgan. O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentining yozishicha, hodisa joyidan 3 dona barmoq izlari, bir dona qaychi, X. X., ga tegishli bo‘lgan qora rangli qishki kepka, oyoq izlari, qon surtmalari tegishli tartibda olingan. Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.X., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Manba: "aniq.uz"
| |
|