Главная » 2017»Июнь»30 » Toshkentda fohishaxona saqlagan ayol aniqlandi
22:06
Toshkentda fohishaxona saqlagan ayol aniqlandi
Joriy yilning 23 iyun kuni taxminan soat 20:10 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahrida yana bir fohishaxona faoliyatiga chek qo‘yildi.
Raxmanberdiyev Maftuna Atamuradovna Yakkasaroy tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 250.000 so‘m pul evaziga fuqaro A va G larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.