21:39 Yunusobod tumanida yana bir Fohishaxona fosh etildi | |
2017 yilning 16 iyul kuni taxminan soat 21:00larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Tairov Dilshod Iskandarovich, Yunusobod tumani, 4-mavze, 31-uy, 16-xonadonda fohishaxona saqlab, 100.000 so‘m pul evaziga fuqaro «A» va «S» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|