15:41 Bektemir tumanida fohishaxona saqlagan erkak qo‘lga olindi | |
Bektemir tumanida fohishaxona saqlagan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi. 2017-yilning 13-iyul kuni, taxminan, soat 21:00 larda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Vitaliy Kim Bektemir tumani, Suvsoz dahasi, 51-uy, 158-xonadonda fohishaxona saqlab, 30 ming so‘m pul evaziga fuqaro “Sh” va “O” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|