14:24 Toshkentda 19 nafar fohisha qo‘lga olindi | |
O‘tgan bir hafta davomida 30 dan ortiq jinoyat fosh etilgani va qidiruvda bo‘lgan 45 nafar shaxs ushlangani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida profilaktika kuni munosabati bilan o‘tkazilgan brifingda xabar berildi. Fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish, fohishalik bilan shug‘ullanish, jamoat joylarida spirtlik ichimliklar iste’mol qilinishini oldini olish maqsadida, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 7 ta fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish jinoyatlari aniqlandi. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi tartibida jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi. Fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 19 nafar shaxs qo‘lga olindi. Jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilgan 367 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rildi.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|