17:09 Sergeli tumanida fohishaxona saqlagan erkak qo‘lga olindi | |
Sergeli tumanida fohishaxona saqlagan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi. 2017-yilning 13-iyul kuni, taxminan, soat 16:00 larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, muqaddam sudlangan Ruslan Mustafin, Sergeli tumanidagi xonadonida fohishaxona saqlab, 20 ming so‘m pul evaziga fuqaro “Z” va “O” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "daryo.uz"
| |
|