23:07 Mirobodda 50 ming so‘m evaziga fohishaxona saqlagan shaxs qo‘lga olindi | |
2017 yilning 28 iyul kuni taxminan soat 23:00larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Allabergenova Roza Abdukarimovna, Mirobod tumani, Sumbula ko‘chasi, 6-uyda fohishaxona saqlab, 50.000 so‘m pul evaziga fuqaro «A» va «O» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan, deb yozadi Toshkent shahar IIBB. Mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|