Главная » 2021 » Май » 25 » Toshkentning “biqin”idagi qishloqlar Qozog‘istonga o‘tdi
18:27

Toshkentning “biqin”idagi qishloqlar Qozog‘istonga o‘tdi


Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida joylashgan Bog‘is va Xiyobon qishloqlari rasman Qozog‘istonning Turkiston viloyati hududiga biriktirildi. Hukumatning tegishli qarorini Bosh vazir Asqar Mamin imzoladi. Bu haqda Qozog‘iston OAV yozmoqda. 

“Qozog‘iston Respublikasi Hukumati qaror qiladi: Turkistonga umumiy maydoni 795,62 gektar bo‘lgan Bog‘is va Xiyobon aholi yashash punktlari yerlarini qo‘shib, viloyat chegaralari o‘zgartirilsin”, deyiladi hukumat qarorida.

Xabarga ko‘ra, 2021 yil aprelda Turkiston viloyatining maslahati hukumatga tomonlarning kelishuvi bilan O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tgan yerlarni qo‘shib, mintaqa chegaralarini o‘zgartirish taklifini kiritgan.

“Shunday qilib, Sariog‘och rayonining chegarasi o‘zgartirildi. 750 gektar maydonga ega bo‘lgan O‘zbekistondan Qozog‘istonga o‘tgan Bog‘is aholi yashash punktining yerlari Oqjar qishloq okrugiga qo‘shib olinadi. 45,62 gektar maydonga ega Xiyobon qishlog‘ining yerlari esa Kurkeles qishloq okrugi chegaralariga kiritiladi”, deya yozadi Qozog‘iston OAV.

Turkiston viloyati turizm boshqarmasining aniqlik kiritishicha, ilgari ushbu qishloqlar aslida avtonom bo‘lgan, aholining o‘zi qaysi davlatning fuqarosi ekanini ham bilmagan.

“Toshkent bilan kelishuvga binoan ushbu yerlarni Qozog‘iston hududiga o‘tkazish bo‘yicha qaror qilindi. Qishloq aholisining bir qismida qozoq hujjatlari, boshqasida esa o‘zbek hujjatlari bor. Xiyobon qishlog‘ining ko‘plab aholisi Toshkentda ishlaydi”, deya yozadi bir qator qozoq OAV.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Jahon yulduz | | Теги: biqin, qishloqlar, Qozog‘istonga, o‘tdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz