21:48 Yana bir davlat koronavirusni yengib o‘tdi | |
Islandiya koronavirus infeksiyasini deyarli bartaraf qildi. Kecha, 6 may kuni hukumatning ma’lumotlariga ko‘ra, kasallanganlarning 97 foizi allaqachon sog‘ayib ketgan. “Islandiyada COVID-19 koronavirusga chalingan 1799 bemordan 1750 nafari butunlay shifo topdi. Afsuski, kasallik o‘n kishining hayotiga zomin bo‘ldi”, deyiladi rasmiy bayonotda. Ayni paytda mamlakatda infeksiya bilan zararlangan 39 nafar odam bor. 3 bemor shifoxonalarda qolmoqda, ammo ularning ahvoli tashvishli emas. Ma’lumot o‘rnida, 4 maydan boshlab Islandiyada mart oyida joriy etilgan cheklov choralarini bekor qilish boshlandi.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|