08:23 Turkiyada portlash sodir bo‘ldi | |
Turkiyaning Xatay viloyati, Iskenderun tumani markazida portlash sodir bo'ldi. Portlash terrorchilarni qo‘lga olish operatsiyasi vaqtida ro‘y bergan. Xatay gubernatori Rahmi Do‘gan hodisa haqida bayonot berdi. Uning aytishicha, xavfsizlik xizmatlari tomonidan gumonga tushgan ikki nafar terrorchi ta’qib qilinayotganda portlash ro‘y bergan. Ulardan biri zararsizlantirilgan. Operatsiya davom etmoqda. Portlash oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q. Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, portlash kuchi shaharning barcha qismlarida eshitilgan va sezilgan. Portlash sodir bo‘lgan ko‘chadagi binolarning derazalari singan. Shisha parchalardan jarohat olganlar bor.
Manba: "xabar.uz"
| |
|